Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Rasman! Supertransfer amalga oshdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Yangi yulduz keldi

Angliya Premer-ligasining amaldagi chempioni “Liverpul” klubi futbol tarixidagi eng katta transferlardan birini amalga oshirganini rasman e’lon qildi.

Shu paytga qadar “Bayer”da o‘ynab kelgan 22 yoshli Florian Virts tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi va liverpulliklar bilan rasmiy shartnoma imzoladi.

 Transfermarkt portali “Liverpul” Virtsni qo‘lga kiritish uchun leverkuzenliklar hisob raqamiga 125 million evro o‘tkazib berganini qayd etdi. Bu summa nemis futbolchisining transferini jahon futboli tarixidagi eng qimmat xaridlardan biriga aylantirdi.

- Meni yangi sarguzashtlar kutayotganidan hayojondaman. Bundesligadan chiqib, Angliya Premer-ligasiga qo‘shilish men uchun yangilik. Bu ligada qay darajada o‘ynay olishimni vaqt ko‘rsatadi. Qo‘limdan kelganlarining barini ishga solishga harakat qilaman.

Men bu mamlakatda o‘ynagan bir necha futbolchilar bilan gaplashdim. Ular APM menga ideal darajada mos ekanini ta’kidlashdi. “Liverpul”dagi birinchi uchrashuvimni intizorlik bilan kutyapman, - dedi Florian Virts.

O‘tgan mavsumda Virts Leverkuzen jamoasi safida 45 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 16 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 15 ta golli pas uzatdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q