Ratino faoliyatini qaerda davom ettiradi?
"Dinamo" klubining braziliyalik yarim himoyachisi Jurani Fereira Ratino faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Unga ayni vaqtda Superliganing etakchi klublaridan jiddiy takliflar kelib tushdi.
Mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazayotgan "Dinamo" esa kelgusi mavsum ham braziliyalik futbolchini tarkibda saqlab qolmoqchi va unga 3 yillik shartnoma taklif qildi. Futbolchining o‘zi esa hali bir qarorga kelgani yo‘q.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli futbolchi joriy mavsum Superliganing 27 turida 26 bahsda maydonga tushdi va barchasida to‘liq 90 daqiqa harakat qilib, 3 ta gol kiritdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar