Raul: «Real» «Inter» xatolaridan foydalandi

  • 09.09.2026 13:51
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning afsonaviy sobiq futbolchisi Raul Gonsales Chempionlar ligasi birinchi turida «Real»ning «Inter» ustidan qozongan g‘alabasiga o‘z munosabatini bildirdi. Uchrashuv 2:1 hisob bilan «qirollik klubi» foydasiga yakunlandi.

 

Raulning taʼkidlashicha, eng asosiysi — «Real»ning uch ochko qo‘lga kiritganidir.

 

«Eng muhimi, «Real» uch ochko oldi. Bu oson bo‘lmadi, chunki «Inter» aniq o‘yin tizimiga ega jamoa, «Madrid» esa markazda yo‘qotishlarga duch keldi. «Real» raqib xatolaridan unumli foydalandi. «Inter» ham bir qator yaxshi vaziyatlar yaratdi, ularning goli esa o‘yinga yana qiziqish qaytardi. Lekin umumiy olganda, «Real» musobaqani yaxshi natija bilan boshladi», — dedi Raul Movistar telekanaliga bergan intervyusida.

 

Chempionlar ligasi guruh bosqichining ikkinchi turida «Real» safarda «Roma» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!