Asosiy mazmunga oʻtish
Olimpizm

Ravshan Ermatov lavozimidan ozod etildi

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 4

Uning yangi ish joyi qaer bo‘ladi?

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi tugatilib, uning o‘rnida O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi tashkil etildi.

Prezidentning tegishli qarori (PQ-5067, 09.04.2021y) asosida boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Sayfiddinovich Ermatov lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti ham hisoblanadi.

Hozirda Ravshan Ermatov aynan qaysi ishda faoliyat boshlashi noma’lum. Voqealar rivojini biz bilan birga kuzating!

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q