Ravshan Maxammadjonov chempionlik jangida ishtirok etadi
Ahmadbek Eshmatov
16 iyun kuni Toshkentda professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.
Xabaringiz bor, 16 iyun kuni poytaxtimizda o‘ziga xos professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Ushbu boks kechasida bir qator hamyurtlarimiz reyting janglarini o‘tkazishsa, eng yosh professional bokschimiz Ravshanbek Maxammadjonov IBF yo‘nalishining qit’alararo kamari uchun ringa ko‘tariladi. Kecha, 11 iyun kuni mazkur janglarga tayyorgarlik ko‘rayotgan bokschilarimiz so‘ngi sparring janglarini o‘tkazishdi.


Izohlar (0)