Ravshanbek Mahammadjonov navbatdagi jangini o‘tkazadi
U Rossiyada ringga ko‘tariladi.
Xabaringiz bor, 3 aprel kuni Toshkentda katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Unda bir qator boks yulduzlarimiz o‘z janglarini o‘tkazadi. Aynan shu kuni Rossiyaning Qozon shahrida ham jang kechasi tashkil etiladi.
Biz uchun ahamiyatli jihati ushbu boks oqshomida O‘zbekiston professional boks olamida ilk marotaba yoshlar o‘rtasidagi WBC jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan Ravshanbek Maxammadjonov ham navbatdagi reyting jangida ringga ko‘tariladi.
Bokschimiz birinchi o‘rta vazn (69,853 kg) toifasida, 8 raund qilib belgilangan to‘qnashuvda rossiyalik charmqo‘lqop ustasiga qarshi bahs yuritadi.
Ma’lumot uchun, Ravshanbek Mahammatjonov "Oqtepa" klubi tarbiyalanuvchisi va murabbiyi Zufar Sulaymonov hisoblanadi. U professional faoliyati mobaynida 11 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Ularning 7 tasida raqiblarini muddatidan avval taslim etgan.
Mazkur jangda hamyurtimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Izohlar (0)