Rays: "Hali chempionlik kurashi yakunlanmadi"

  • 10 mart, 05:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida “Arsenal” “Manchester Yunayted” bilan bahs olib borib, durangga imzo chekdi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng angliyalik yarim himoyachi hisoblangan Deklan Rays o‘yin va chempionlik kurashi haqida gapirib o‘tdi. 
 
"Hali hammasi tugamadi, biz harakat qilishda davom etishimiz kerak. Biz axir “Arsenal”miz! 
 
Shu bilan birga, ikkinchi bo‘limda biz butun mavsum davomida qilmagan narsalarni qildik. So‘nggi 10 daqiqada juda sodda o‘ynadik va o‘yinni “Manchester Yunayted”ga osonlikcha topshirdik. Bu biz tomonimizdan qilingan biroz ahmoqona harakat bo‘ldi" – deya ta’rif berib o‘tdi "to‘pchilar" xavbeki. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Mikel Arteta boshchiligidagi “kanonirlar” bo‘lajak uchrashuvini 12 martdan 13 martga o‘tar kechasi PSVga qarshi javob bellashuvini o‘tkazadi. Ilk bellashuvda 7:1 hisobida zafar quchib, deyarli keying bosqich masalasini hal qilgan edi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!