"Real" 100 million yevroga himoyachi sotib olishmoqchi

  • 30.01.2026 13:09
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Real" soʻnggi muvaffaqiyatsizliklardan soʻng himoya chizigʻini kuchaytirish maqsadida "Tottenxem" himoyachisini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. Bu haqida "Fichajes" nashri xabar bermoqda.

Manba maʼlumotiga koʻra, "qaymoqranglilar" "shporlar" futbolchisi Kristian Romeroni xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Arbeloaning oʻzi bu transferni xohlamoqda. Taʼkidlanishicha, madridliklar himoyachi uchun London klubiga 100 million yevro berishga tayyor. 

27 yoshli futbolchining ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 60 million yevroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi  shartnomasi 2029 yilning yozigacha moʻljallangan.

Eslatib oʻtamiz, Romero joriy mavsum "Tottenxem" safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmani oʻz nomiga yozdirib qoʻygan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!