Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" afsonasi oʻziga jamoa oldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Endi jiddiy ish bilan shugʻullanadi

Ispaniyaning Segunda divizionida ishtirok etayotgan «Oviedo» klubi rahbariyati jamoaning yangi bosh murabbiyi etib  «Real»ning afsonaviy hujumchisi Raul Gonsales tayinlanganini e’lon qildi. 

Klub matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 49 yoshli mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma 2028 yil iyunigacha amal qiladi. Rasmiy taqdimot marosimi o‘tkazilguncha, yangi bosh murabbiy ommaviy bayonotlar bermasligi ma’lum qilingan.

Raul murabbiylik faoliyatini 2018 yilda «Real» tizimida boshlagan. 2020 yilda u Madrid klubi yoshlar jamoasini UEFA Yoshlar ligasida g‘alaba sari boshlab borgan. Shuningdek, u olti mavsum davomida «Kastilya» jamoasiga rahbarlik qilgan.

Futbolchi sifatida Raulning eng yorqin yillari «Real» tarkibida o‘tgan — u bu jamoa sharafini 15 yildan ortiq muddat davomida himoya qilgan. Keyinchalik u «Shalke», «As-Sadd» va «Nyu-York Kosmos» klublarida to‘p surdi. 2015 yilda professional karerasiga nuqta qo‘ygan.

Hozirgi paytda «Oviedo» Segunda jadvalida 13 o‘yindan so‘ng 21 ochko to‘plab, to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi. Raulning debuti 15 noyabr kuni «Karlos Tart’ere» stadionida «Jirona»ga qarshi uy uchrashuvida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q