“Real” afsonasining o‘g‘li BAA termasini tanladi va debut qildi
Madridning “Real” klubidagi oʻyinlari bilan jahon futbolida nom qozongan Miсhel Salgadonning oʻgʻli Alan xalqaro miqyosda Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi sharafini himoya qiladigan boʻldi.
Iqtidorli yosh futbolchi amirliklarning yoshlar terma jamoasida debut oʻyinini oʻtkazishga ham ulgurgi.
Alanning qarorini Miсhel Salgado ham qoʻllab-quvvatladi.
- Debuting bilan faxrlanaman, oʻgʻlim. Sening har bir oʻyiningdan zavqlanaman, chunki bunday darajaga chiqish qanchalik qiyinligini bilaman. Lekin oʻsha darajani ushlab qolish yanada qiyin, shuning uchun senga kurashishni va shu bilan birga kamtar boʻlishni maslahat beraman. Seni yaxshi koʻraman, - deb yozdi “Real”ning sobiq futbolisi oʻgʻliga bagʻishlangan postida.
Eslatib oʻtamiz, Miсhel Salgadonning oʻzi 1999–2009 yillarda “Real” safida oʻynagan va mashhur “Galaktikos” davrida jamoa yetakchilaridan biri boʻlgan.
Fikrlar