
“Real” Alonso talabini rad etdi!
“Real” bosh murabbiyni o‘zgartirishga qaror qilgan. Jamoani to‘rt yildan beri boshqarib kelayotgan Karlo Anchelotti o‘rnini “Bayer”ni klub tarixida ilk bor Germaniya chempioniga aylantirgan Xabi Alonso qabul qilib olishi kutilyapti.
Evropa matbuotining yozishicha, ispaniyalik mutaxassis “Qirollik klubi”dan jamoaga “Bayoer”dagi shogirdi Jonatan Tani olishni so‘ragan. Biroq madridliklar uning bu taklifini qabul qilmagan.
Manbalarda yozilishicha, “Qirollik klubi” xo‘jayini Florentino Peres Germaniya terma jamoasi himoyachisiniing o‘yin sifati “Real” darajasida emasligini ta’kidlagan.
“Real” rahbariyati himoya markaziga “Arsenal”dan Vilyam Saliba va “Liverpul”dan Ibrohim Konateni olishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar