Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" Angliyadan himoyachi tanladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu oʻyinchi uchun madridliklar 93 million yevro beradi

«Everton» jamoasida to‘p surayotgan 24 yoshli markaziy himoyachi Jerred Brentueyt faoliyatini madridlik «Real» safida davom ettirishi mumkin. Bu haqida Goal nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Qirollik klubi» Brentueytga jiddiy qiziqish bildirmoqda va uning uchun taxminan 93 million yevro atrofida taklif tayyorlayotgani aytilmoqda. «Real» rahbariyati jamoaga yana bir markaziy himoyachi yetishmayotganini ta’kidlamoqda.

Shu bilan birga, angliyalik futbolchiga Premier-liganing bir nechta klubi ham da’vogarlik ekani qayd etilgan.

Joriy mavsum Angliya chempionatida Brentueyt to‘rt o‘yinda maydonga tushdi va haligacha gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmadi. Transfermarkt portali himoyachini 40 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q