Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Real» APLning ikki yulduzini sotib olmoqchi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

«Real» «Arsenal»dan Bukayo Saka, «Manchester Siti»dan Rayan Sherkini qimmat transfer evaziga olishni rejalashtirmoqda.

«Real» (Madrid) «Arsenal» hujumchisi Bukayo Saka va «Manchester Siti» yarim himoyachisi Ryan Sherkiga qiziqish bildirmoqda. 

Manba ma’lumotiga ko‘ra, madridliklar har ikki futbolchini ham o‘zining ehtimoliy transferlar ro‘yxatiga kiritgan. Klub hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirayotgani aytilmoqda. Shu bilan birga, hozircha «Real» ushbu jamoalar bilan rasmiy muzokara boshlamagan, ammo yaqin vaqt ichida futbolchilar vakillari bilan aloqaga chiqishi mumkinligi ta’kidlanadi.

Xabarda qayd etilishicha, «Manchester Siti» Ryan Sherki transferi uchun 100 million evrodan ortiq miqdor so‘ramoqda. «Arsenal» esa Bukayo Saka uchun kamida 150–160 million evro talab qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatida o‘n turdan so‘ng «Real» 24 ochko to‘plab, turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egalab turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q