"Real" Arnolddan voz kechdi

  • 15 yanvar, 19:51
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi "Liverpul" himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni qishki transfer oynasida sotib olishdan voz kechishga qaror qildi, deb xabar bermoqda "Relevo".

Tecno

Manbaga ko‘ra, Angliya terma jamoasi futbolchisi yozda "qirollik klubi"ga erkin agent sifatida o‘tadi. Mavsumning ikkinchi qismida esa Karlo Anchelotti o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasida Federiko Valverde, Lukas Vaskes va Raul Asensio o‘rtasida tanlov qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Trent "Liverpul" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!