Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Real" Asensio bo‘yicha qaror qabul qildi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Madridda nima gap?

Madridning «Real» jamoasida to‘p surib kelayotgan markaziy himoyachi Raul Asensio yaqin vaqt ichida klubni tark etmaydi. Bu haqida sport jurnalisti Ekrem Konur xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «qirollik klubi» Asensio bilan xayrlashish variantlarini ko‘rib chiqmayapti. Buning ustiga, himoyachiga Angliya Premier-ligasining ikki grandi — «Chelsi» va «Liverpul» klublari jiddiy qiziqish bildirgan. Shunga qaramay, Asensio joriy mavsumda hali biror marta maydonga tushgani yo‘q.

Raul Asensio «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa safida debut qilganidan beri 80 ta o‘yin o‘tkazgan, shu vaqt mobaynida ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan va uchta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Asensio bilan tuzilgan amaldagi shartnoma 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q