Asosiy mazmunga oʻtish

"Real" "Barsa"dan o‘ch olmoqchi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Jiddiy to‘qnashuv bo‘ladi

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua Ispaniya chempionati — La Liganing o'ninchi turida «Barselona»ga qarshi bo'ladigan navbatdagi o'zaro uchrashuv oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

— Bir paytlar «el klasiko»da katta yulduzlar yetishmayotgandek tuyulgan davr kuzatilgan bo'lishi mumkin. Lekin hozir maydonga yangi avlod futbolchilari chiqdi. 

Bizda Vinisius, Mbappe, Jud bor. Ularda esa Rafinya, Lamin bor — u juda iste'dodli, fantastik o'yinchi. Bu juda keskin raqobat. 

So'nggi yillarda ular ayrim o'yinlarda bizga juda og'ir mag'lubiyatlar yetkazishdi, endi esa javob qaytarish vaqti keldi. Katta hisobdagi g'alaba yoki ular maydonida qo'lga kiritilgan muvaffaqiyat kuchli bayonot bo'lardi, — dedi Kurtua.

«Barselona» — «Real» uchrashuvi 24 oktabrdan 25 oktabrga o'tar kechasi «Kamp Nou» stadionida bo'lib o'tadi. O'yin oldidan «Barselona» 27 ochko to'plagan, «Real» hisobida esa 21 ochko mavjud.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q