"Real" "Bavariya"dan 18 yoshli iste'dodni olib ketmoqchi
Qiyin transfer
«Bavariya»ning 18 yoshli yarim himoyachisi Lennart Karl «Real» skautlari diqqat markaziga tushdi.
Xabarlarga ko‘ra, Madrid klubi yosh nemis futbolchisi atrofidagi vaziyatni yaqinidan kuzatib bormoqda. «Real» rahbariyati Karl myunxenliklar bilan shartnomasini uzaytirish-uzaytirmasligini aniqlashni istamoqda. Bu haqida CFBayern Insider nashri jurnalist Kristian Falkka tayanib xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Lennart Karl avvalroq madridliklar jamoasini o‘zining orzu klubi deb atagan edi.
Uning amaldagi shartnomasi «Bavariya» bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Futbolchining transfer bahosi taxminan 60 million yevro atrofida baholanmoqda. O‘tgan mavsumda Karl barcha musobaqalar doirasida to‘qqizta gol urdi va to‘qqizta golli pas berdi.
Izohlar (0)