Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Real" Bellingem bo‘yicha muhim qarorga keldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bellingemni nimalar kutyapti

Madridning «Real» jamoasi yarim himoyachi Jud Bellingem bilan yangi shartnoma imzolash masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Hozirgi kunda ingliz futbolchisining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Jurnalist Ramon Alvares de Mon ma’lumotiga ko‘ra, «qirollik klubi» rahbariyati 23 yoshli futbolchi bilan kelishuv muddatini 2032 yilning o‘rtalarigacha uzaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda. Klub ichida ushbu muzokaralarga nisbatan kayfiyat ijobiy, rahbariyat Bellingem bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olishiga ishonmoqda.

Jud Bellingem 2023 yil yozida dortmundlik «Borussiya» tarkibidan «Real»ga qo‘shilgan edi. Shu vaqtgacha u madridliklar safida turli musobaqalar doirasida 145 ta o‘yin o‘tkazib, 48 ta gol urdi va 36 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q