«Real» Bellingemning maoshini 30 million yevroga oshirmoqchi
«Real» Jud Bellingem bilan maoshini 30 million yevroga oshirgan holda 2031 yilgacha yangi shartnoma imzolamoqchi.
«Real» yarim himoyachi Jud Bellingemning xizmatlarini yuqori baholamoqda va futbolchi bilan shartnomani uzaytirish masalasini yaqin vaqt ichida hal qilishni istamoqda. TEAMtalk xabar berishicha, madridliklar muzokaralarda sezilarli natijaga erishgan va yil oxiriga qadar Bellingem bilan yangi mehnat shartnomasini rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda.
Manbaga ko‘ra, «Real» Bellingemning yillik maoshini 20 million evrodan 30 million evroga oshirmoqchi.
Jud Bellingem bilan tuziladigan yangi shartnoma kamida 2031 yilning o‘rtalarigacha amal qilishi kutilmoqda. Biroq kelishuvning aniq muddati hozircha ma’lum emas.
Bellingem «Real» safida 148 ta uchrashuvda maydonga tushib, 49 ta gol urgan va 36 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Izohlar (0)