
"Real" "Benfika" himoyachisini nishonga oldi
"Real Madrid" chap qanot himoyachi o‘rnini kuchaytirish uchun ustuvor nomzodni belgiladi.
"Marca" nashrining xabar berishicha, Madrid klubi "Benfika"dan Alvaro Karrerasni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu futbolchi bir paytlar "Real" yoshlar akademiyasida bir necha yil o‘ynab, keyin "Manchester Yunayted"ga o‘tgan edi. 22 yoshli Karrerasning shartnomasida 50 million evroga sotib olish bandi mavjud.
"Qirollik klubi" muzokaralar davomida bu summani kamaytirishga intilmoqda. Muammo tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holat shuki, MYuning 31 dekabrga qadar Karrerasni 18 million evroga qaytarib sotib olish huquqi bor. Biroq, "Real" "qizil iblislar" bilan alohida muzokaralar olib borishni rejalashtirmayapti.
Karrerasning o‘zi Angliyaga qaytish niyatida emas. Agar Alvaro Karrerasni transfer qilish imkoni bo‘lmasa, "Real" Teo Ernandes ("Milan") yoki Milosh Kerkez ("Bornmut") kabi futbolchilarga e’tiborini qaratadi.
Fikrlar