Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" chaqirgandi, lekin men rad etganman!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Odamlar Madridda o‘ynashni orzu qiladi

Черногориялик hujumchi Stevan Jovetić o'tgan o'n yillik boshida uni Madridning «Real» taklif etgani, ammo o'sha paytda bu imkoniyatdan voz kechgani va hozir bu qarordan afsusda ekanini aytdi.

«Ehtimol, bir qaror borki, uni qayta qabul qilmasdim. «Fiorentina»da ikkinchi mavsumini o'tkazayotgan paytimda menga «Real»dan qiziqish bo'lgan. Lekin o'sha vaqtda bunday katta qadamga tayyorman, deb his qilmaganman. 

Doimiy o'ynab turardim, baxtli edim, ishlarim yaxshi ketayotgan edi. O'zimga: «Yana bir-ikki yil shu yerda qolaman, keyin ketaman», derdim. Oqibatda esa u yerga umuman o'tmadim. Keyinchalik «Manchester Siti», «Inter», «Sevilya» va boshqa ko'plab jamoalarda o'ynadim», – deya futbolchining so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Hozirda Jovetić erkin agent maqomida, ammo u hali faol o'yinchilik faoliyatini yakunlagani yo'q.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q