"Real"da hech kim Rodrigga joyini bergisi kelmayapti
«Real» Madrid yarim himoyachi Rodrini qo‘lga kiritish bo‘yicha harakatlarni kuchaytirdi, ammo kutilmagan to‘siqqa duch keldi. COPE nashri xabariga ko‘ra, klub yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun avval jamoa arizasida bo‘sh o‘rin ochishi kerak.
Manba ma’lumoticha, madridliklar Rodri bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. «Real» endi «Manchester Siti» 2024 yildagi «Oltin to‘p» sohibi va jahon chempionatida eng yaxshi o‘yinchi deb topilgan yarim himoyachi uchun qaysi miqdorda to‘lov talab qilishini aniqlashni istamoqda.
Shuningdek, yaqin vaqt ichida jamoaga Yan Diomande ham qo‘shilishi kutilmoqda. Bu esa «Real»ni 25 nafar futbolchi limitiga moslashish uchun tarkibdan kamida ikki o‘yinchi bilan xayrlashishga majbur qiladi.
Tarkibni tark etishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzodlar sifatida Franko Mastantuono, Raul Asensio va Gonsalo Garsiya tilga olinmoqda. Biroq hozircha ularning hech biri klubni tark etishga oshiqmayapti.
Mastantuono faqat «River Pleyt»ga qaytish variantini ko‘rib chiqishga tayyor, bu esa «Real» rejalariга to‘g‘ri kelmaydi. Asensio esa Madridda qolib, asosiy tarkib uchun kurashish niyatida va boshqa takliflarga qiziqmayapti. Gonsalo Garsiya «Fulxem»ga o‘tish g‘oyasiga qarshi emas, ammo klublar o‘rtasidagi muzokaralar hozircha yakuniga yetishiga ancha bor.

Fikrlar