"Real"da Mbappening birorta do‘sti yo‘q
"Real" kiyinish xonasidagi vaziyat hanuz tarangligicha qolmoqda
Forvard Kilian Mbappe «Real» futbolchilari orasida deyarli doʻst tutmagan. Bu haqida jurnalist Ivan Martin xabar berdi.
Manba maʼlumotiga koʻra, fransuz hujumchisi madriddiklarning koʻpchilik oʻyinchilari bilan faqat ish doirasida, rasmiy tarzda muloqot qiladi. Jamoadagi ayrim futbolchilar esa Mbappening maydondagi va undan tashqaridagi xatti-harakatlarini tushunmaydi, u bilan munosabatda oʻzini noqulay his qilayotgani aytilmoqda.
Joriy mavsumda Kilian Mbappe «Real» tarkibida 8 oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Izohlar (0)