"Real"da qolasan, lekin zahirada o‘tirasan!

  • 09.07.2026 16:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» klubi rahbariyati 2026/2027 yilgi mavsumda chap qanot himoyachisi Alvaro Karrerаsni jamoa tarkibida qoldirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi asosiy tarkibga olib kelingan Mark Kukurelya uchun zahira varianti sifatida ko‘rilayotgani aytilmoqda. 

«Qirollik klubi» rahbariyati Karrerаs bo‘yicha «Manchester Yunayted» va «Chelsi» tomonidan kelib tushgan transfer takliflarini rad etgan.

Karrerаs o‘tgan, 2025/2026 yilgi mavsumda barcha musobaqalar doirasida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi. Uning amaldagi shartnomasi 2031 yil 30 iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!