Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

«Real»da Vinisiusning oʻyini xavotir uygʻotmoqda

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Real»da Vinisius Juniorning oʻyini pasayib, Mourin'yu uni yaqin orada zahiraga qoldirishi mumkinligi aytilmoqda.

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Vinisius Juniyor yangi mavsumni omadsiz boshladi.

The Touchline nashri ma’lumotlariga ko‘ra, klub ichida braziliyalik futbolchining o‘yini borasida xavotirlar ortib bormoqda. Yangi shartnoma imzolanganidan keyin Vinisiusning maydondagi ko‘rsatkichlari sezilarli darajada pasaygan. 26 yoshli hujumchi mavsumning dastlabki sakkiz uchrashuvida bor-yo‘g‘i bir marta raqib darvozasini ishg‘ol qila oldi.

Shu bilan birga, «Real» bosh murabbiyi Joze Mourin’yu jamoada asosiy tarkibda «dahlsiz» o‘yinchilar yo‘qligini ochiq aytgan. Bu esa yaqin vaqt ichida Vinisius zaxira o‘rindig‘iga qoldirilishi mumkinligini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, yetti turdan so‘ng «Real» Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Madrid klubi shu paytga qadar 15 ochko jamg‘argan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q