Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real"dagilar "yangi Mbappe"dan hayratda

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Mundial yaxshi ta'sir qilganga o‘xshaydi

Madridning «Real» jamoasi forvardi Kilian Mbappe ta’tildan so‘ng klub ixtiyoriga qaytdi. Diario AS nashri yozishicha, jamoa ichida fransuz hujumchining jismoniy holati yuqori baholanmoqda. 

Mbappening hozirgi sport formasi klub ichida «sensatsion» deb ta’riflanmoqda, ayrimlar uni hatto «yangi Mbappe» deb atayapti.

O‘tgan mavsumda Kilian Mbappe «Real» safida barcha musobaqalar doirasida 44 o‘yinda maydonga tushib, 42 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi. Shunga qaramay, madridliklar mavsumni sovrinsiz yakunlagan edi.

Yangi mavsumni «Real» 22 avgust kuni boshlaydi. Joze Mourin’yu boshqaruvidagi jamoa La Liganing ilk turida «Espan’ol»ga qarshi maydonga tushadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q