Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real"dan hech qayoqqa ketmayman!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Hujumkor futbolchi o‘z kelajagiga oydinlik kiritdi

Marokash terma jamoasi hujumkor futbolchisi Braim Dias «Real»ni tark etish niyati yo‘qligini bildirgan. Bu haqida insayder Ben Fernandez xabar bermoqda.

Futbolchiga «Galatasaray», «Yuventus» hamda Saudiya Arabistoni klublari jiddiy qiziqish bildirgani aytilmoqda. 

Shunga qaramasdan, Dias madridliklar safida qolishni qat’iy istayotganini ma’lum qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevro atrofida baholanmoqda.

Braim Dias «Real» tarkibida jami 163 o‘yin o‘tkazgan. Shu vaqt mobaynida u 22 ta gol urgan va 30 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q