Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real"dan "surish" kerak!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Futbolchi ketish uchun bir yillik maoshidan voz kechishga tayyor

«Real» yarimhimoyachisi Dani Sebalyos jamoani tark etish niyatida. Bu haqida insayder Rodra oʻz ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Manbaga koʻra, futbolchi va klub oʻrtasida shartnomani muddatidan oldin bekor qilish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.

Dani Sebalyos jamoa almashtirish uchun shartnomasining soʻnggi yilidagi maoshidan voz kechishga ham tayyorligi aytilmoqda. Uning navbatdagi manzili sifatida Sevilyaning «Betis» klubi tilga olinmoqda.

29 yoshli Sebalyos 2017 yil yozidan beri madridliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyuni oxirigacha moʻljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining transfer qiymatini yetti million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q