"Real" darvozaboniga APLdan chorlov bo‘lmoqda

  • 5 mart, 15:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" "Real Madrid" darvozaboni Andrey Luninga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "El Chiringuito" nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Unga ko‘ra, "qizil iblislar" yozda Luninni sotib olmoqchi. Klub rahbariyati  futbolchining agenti hisoblangan  Jorje Mendesh bilan yaxshi aloqalarga ega. Bu esa  Luninni boshqa jamoaga o‘tishga rozi bo‘lish imkoniyatlarini oshiradi. Jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim  ham hozirda asosiy posbon bo‘lgan Andre Onananing o‘yinlaridan qoniqish hosil qilmayapti. 

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda keper La Liganing 3 ta bahsida ishtirok etib, o‘z darvozasidan  4 ta gol o‘tkazib yubordi. 29 yoshli futbolchining "qaymmoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalida narxi 20 million evro etib belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!