Asosiy mazmunga oʻtish

Real» «El-Klasiko» oldidan Tibo Kurtuadan ayrildi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Real Madrid» asosiy darvozaboni Tibo Kurtua gripp sababli «Barselona»ga qarshi «el klassiko»ni o‘tkazib yubordi.

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua gripp sababli «Barselona»ga qarshi «El-Klasiko»da ishtirok eta olmaydi. Bu haqida Madrid klubining rasmiy sayti xabar berdi.

Shu tariqa, «Kamp Nou»dagi uchrashuvda «Real» darvozasini Andrey Lunin qo‘riqlashi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, La Liganing to‘qqiz turidan keyin «Barselona» 27 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Real» esa 21 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q