Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Real" Endrikni o'ynatmasa biz olamiz

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Yaxshi xaridor chiqdi

«Real» hujumchisi Endrik jamoani tark etishi mumkin. Goal nashrining Corriere dello Sportga tayanib xabar berishicha, qishki transfer oynasida «Roma» rahbarlari yosh braziliyalik bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda.

Yozda «Roma» Endrikni olishga jiddiy urin'gandi. Biroq avval o‘yinchining o‘zi bu taklifni qabul qilmadi — u «Real»da o‘zini ko‘rsatishni, asosiy tarkib uchun kurashishni istadi. Keyinchalik esa Rodrigo olgan jarohatni inobatga olgan holda, yosh forvardning ketishiga Joze Mourinyo yo‘l qo‘ymadi.

Shunga qaramay, Endrik Madrid klubida deyarli maydonga tushmayapti. Uning o‘yin amaliyoti yo‘qligi futbolchining o‘zini ham tobora ko‘proq norozi qilayotgani aytilmoqda. Bu esa braziliyalikni qo‘lga kiritish borasida «Roma» imkoniyatlarini oshiradi.

20 yoshli Endrikni Transfermarkt portali mutaxassislari 40 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q