"Real" Fransiyadan zo'r darvozabon topdi
"Real" Kurtua o'rniga yangi darvozabon izlamoqda
«Tuluza» darvozaboni Giyom Rest yaqin vaqtlarda yetakchi klublardan biriga o‘tishi mumkin. Bu haqida insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 21 yoshli fransuz posboniga «Real» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Rest hozirgi paytda jahonda eng talabgir yosh darvozabonlardan biri sifatida qayd etilmoqda.
Madrid klubi uni qo‘lga kiritish uchun bir qator grantlar bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Giyom Restga «Bavariya», «Lill», «Marsel» va «Aston Villa» ham qiziqmoqda.
Joriy mavsumda Rest «Tuluza» tarkibida 5 ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z darvozasidan 8 ta to‘p o‘tkazib yubordi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Izohlar (0)