"Real" futbolchisini xaridorlarga bermadi
Bu qaror to‘g‘rimikin?
Yosh iste'dod «Real»da qoladi. Ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, «Real» yosh yarim himoyachi Tyago Pitarchning kelajagiga oid qarorini qabul qilgan.
Futbolchiga ikki klub jiddiy qiziqish bildirgan. Tyago Pitarchni o‘z safiga qo‘shib olish istagini «Lill» va «Fulxem» jamoalari bildirgan edi.
Biroq Madrid klubi yarim himoyachi bo‘yicha kelib tushgan barcha takliflarni rad etgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, «qirollik klubi» Pitarchni jamoada qoldirish niyatida.
Tyago Pitarch – «Real» akademiyasining tarbiyalanuvchisi. U bilan tuzilgan shartnoma 2027 yil yozigacha amal qiladi.

Izohlar (0)