"Real"ga Angliya yulduzi kerak
Bu oʻyinchining xaridori koʻp
«Bornmut» jamoasi yarim himoyachisi Aleks Skott Ispaniyaning yetakchi klublaridan biri diqqat markaziga tushdi. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Migel Serrano xabar berdi.
Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli ingliz futbolchisni o‘z safiga qo‘shib olishni Madridning «Real» klubi rejalashtirmoqda. Skottning transfer qiymati taxminan 50 million yevro atrofida baholanmoqda. Uning «Bornmut» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyuni oxirigacha mo‘ljallangan.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Aleks Skottga «Chelsi», «Manchester Yunayted», «Liverpul» va «Arsenal» klublari ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsum Angliya premyer-ligasida Skott beshta o‘yinda maydonga tushdi, bir gol urdi va bir marta sariq kartochka oldi.

Izohlar (0)