"Real" ganalik iste'dodni transfer qilishga juda yaqin
Madridliklar yosh iste'dod uchun kurashmoqda
Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, «Logronyes» jamoasida to‘p surib kelayotgan ganalik yarim himoyachi Latif Issman «Real Madrid» safiga o‘tishi arafasida turibdi.
Manbalarga ko‘ra, madridliklar futbolchi transferi bo‘yicha deyarli kelishuvga erishgan. Issmanning «Real» tizimiga qo‘shilishiga faqat rasmiy rasmiyatchliklar qolgani aytilmoqda. Yosh havbek kelasi mavsumda klubning farma jamoasi — «Kastilya» sharafini himoya qilishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda «Real» La Liganing joriy mavsumida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Madrid klubi hisobida 24 ochko bor. Joze Mourinyo boshqaruvidagi jamoa peshqadam «Barselona»dan bor-yo‘g‘i uch ochkoga orqada qolmoqda.
Izohlar (0)