“Real” Germaniyadan o‘yinchi topdi
Germaniya Bundesligasi vakili “Ayntraxt”da o‘ynayotgan himoyachisi Nataniel Braun Madridning “Real” klubi nishoniga tushdi. Bu haqda Sky Sport Germany nashri xabar berdi.
“Qirollik klubi” skautlari iste’dodli futbolchini Bundesliga doirasidagi “Kyoln”ga va Evropa Chempionlar ligasida “Atalanta”ga qarshi o‘yinlarida kuzatgan.
Madrid klubi o‘yinchini kelasi yozda sotib olishga tayyor. “Ayntraxt” himoyachi transferi uchun 60-70 million evro miqdorida badal puli talab qilyapti. Braunning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda futbolchi klub safida barcha turnirlarda 18 ta o‘yin o‘tkazib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali 20 yoshli himoyachining transfer qiymatini 30 million evroga baholagan.
Fikrlar