Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" hech kim kutmagan yulduzni nishonga oldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Juda qiyin transfer

Madridning «Real» klubi kelgusida Londonning «Arsenal» jamoasi yarim himoyachisi Deklan Raysni oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatini oʻrganmoqda.

Transfer News Live nashrining TEAMtalk manbasiga tayanib xabar berishicha, «qirollik klubi» rahbariyati angliyalik futbolchini jamoa markazini kuchaytirish uchun asosiy nomzod sifatida koʻrmoqda. 

«Arsenal» rahbarlari esa «Real»ning qiziqishi haqida yaxshi xabardor va shu bois Rays bilan amaldagi shartnomani uzaytirish boʻyicha ish olib bormoqda.

Deklan Raysning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha moʻljallangan. Transfermarkt portali 27 yoshli yarim himoyachining bozor qiymatini 120 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q