“Real” himoyachidan besh oyga ayrildi

  • 05.05.2026 16:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real”ning qanot himoyachisi Ferlan Mendi yaqinida “Espanyol”ga o‘tkazilgan La Liganing 34-tur uchrashuvida olgan son jarohati sababli uzoq muddatga safdan chiqdi.

Cope nashrining ma’lumotiga ko‘ra, futbolchiga jarrohlik amaliyoti taklif etilgan.

Agar Mendi rozi bo‘lsa, operatsiyadan keyin tiklanish uchun taxminan besh oy talab etiladi.

Joriy Ispaniya La Ligasi mavsumida Ferlan bor-yo‘g‘i beshta o‘yin o‘tkazgan. Keyingi paytda jarohatlardan aziyat chekayotgan o‘yinchi tobora jamoadagi o‘rnini yo‘qotib bormoqda.

30 yoshli himoyachi “Qirollik klubi” safida 2019 yildan beri o‘ynab keladi. Uning klub bilan kelishuvi 2028 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Fransuz futbolchisining bozor qiymati olti million evroni tashkil etadi. Klub yozda uni sotib yuborishni rejalashtirayotgan edi. Endi o‘yinchining kelajagi jarohatidan tuzalib safga qaytganidan keyin hal etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!