Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" himoyachisidan uzoq muddatga ayrildi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

U operatsiya qilinishi kerak

«Real» himoyachisi Raul Asensio jiddiy jarohat tufayli uzoq muddatga maydondan chetda qolishi mumkin. Bu haqida Marca nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, futbolchi o‘ng oyog‘idagi uzoq davom etayotgan noqulaylik sababli jarrohlik amaliyotiga rozi bo‘lish arafasida turibdi. 

Agar operatsiya o‘tkazilsa, Asensioning to‘liq tiklanishi kamida ikki, ko‘pi bilan uch oy vaqt talab qilishi mumkin.

Qiziqi shundaki, joriy mavsumda Raul Asensio haligacha «Real» tarkibida biror daqiqa ham maydonga tushgani yo‘q. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q