Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" himoyachisini sotib yubordi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu futbolchi hali yana daromad keltiradi

Madridning «Real» jamoasi 26 yoshli himoyachi Fran Garsiyani «Betis» klubiga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Fabrizio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, Garsiya «Betis» safini 4 million yevro evaziga to‘ldirishi kutilmoqda. 

Shuningdek, «Qirollik klubi» futbolchining keyinchalik boshqa jamoaga sotilishida tushadigan transfer pulining 50 foizini olish huquqini saqlab qoladi.

Fran Garsiya 2023 yildan buyon «Real» tarkibida to‘p surib kelayotgan edi. U bungacha «Rayo Valyekano» klubida o‘ynagan. O‘tgan mavsumda himoyachi madridliklar safida 23 ta o‘yin o‘tkazdi, bir gol urdi va bir marta golli uzatma amalga oshirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q