"Real" himoyachisini transferga qo'yadi
Hammasi hal bo‘ldi
«Real Madrid» himoyachi Raul Asensio kelajagiga oid aniq qaror qabul qildi. Bu haqida futbol bozori bo‘yicha ishonchli manba hisoblangan insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, madriddliklar Asensio xizmatlariga endi ehtiyoj sezmayapti. Klub futbolchini transfer ro‘yxatiga qo‘yishni rejalashtirgan. Bu qaror himoyachi jarrohlik amaliyotidan to‘liq tiklanib, maydonga qaytganidan so‘ng, 2027 yilda amalga oshirilishi kutilmoqda.
Raul Asensio – «Real» tarbiyasi. U klub akademiyasidan yetishib chiqqan va hozirgi mehnat shartnomasi 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali himoyachining bozor qiymatini 18 million yevro atrofida baholamoqda.

Izohlar (0)