Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" himoyaga "Siti"dan ideal variant topdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Madridliklarga aynan shunaqa oʻyinchi kerak

"Manchester Siti" tarkibida harakat qilayotgan himoyachi Yoshko Gvardiol yozgi transfer oynasida "Real Madrid" uchun eng muhim maqsadlardan biriga aylangan.

Italiyalik insayder Fabrizio Romano tarqatgan ma'lumotga ko'ra, madridliklar xorvatiyalik futbolchini himoya chizig'ini kuchaytirish uchun "eng mos nomzod" sifatida ko'rmoqda. 

"Real" rahbariyati jamoaga markaziy himoyachi sifatida ham, chap qanotda ham o'ynay oladigan universal futbolchi qo'shilishini istayapti. Klub ichida Gvardiol aynan shunday talabga javob beradigan o'yinchi sifatida baholanmoqda.

Shu bilan birga, "Manchester Siti" 24 yoshli himoyachini sotish niyatida emas. Angliyaliklar uning shartnomasini uzaytirish bo'yicha reja tuzmoqda. Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, Yoshko Gvardiolning transfer qiymati 70 million evroni tashkil etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q