“Real” hujumchidan voz kechdi
“Real” rahbariyati katta umidlar bilan olib kelingan braziliyalik vunderkind Endrikni qishki transferlar oynasi davrida boshqa klubga ijaraga berib yuboradigan bo‘ldi.
2024 yilning yozida “Palmeyras”dan olingan o‘yinchini avvalgi bosh murabbiy Karlo Anchelotti bir necha marotaba maydonga tushib, uning o‘yin amaliyotini ta’minlab berayot gan edi.
Ammo yozda jamoa Xabi Alonso boshqaruviga o‘tgan, 19 yoshli hujumchiga umuman imkoniyat berilmadi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Endrik 2026 yilning yozida bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etmoqchi. Braziliya terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uni mundialga jalb etishi uchun Endrik muntazam maydonda o‘ynashi kerak.
Shu bois, yosh hujumchining o‘zi ham “Real” zaxirasida qolib ketishdan ko‘ra, boshqa klubda o‘ynab, Anchelottining e’tiborini qozonishni ma’qul ko‘rmoqda.



Fikrlar