"Real" Husanovning raqobatchisini imzolashga tayyor
Bu Mourin'yoning tashabbusi
"Manchester Siti" klubi markaziy himoyachisi Ruben Diash yozgi transfer oynasida jamoasini o'zgartirib, "Real Madrid" safiga o'tishi mumkin.
The Athletic nashri xabar berishicha, 29 yoshli portugaliyalik futbolchi "Qirollik klubi"ning transfer ro'yxatiga kiritilgan. Madrid jamoasiga qayta faoliyat boshlagan bosh murabbiy Joze Mourinyo Diashni jamoaga olib kelish tashabbusi bilan chiqqan. Uning rejasiga ko'ra, "Real" shu yozda himoya chizig'ini kuchaytirishi kerak.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Siti" ham munosib taklif tushsa, Diashni sotishga qarshi emas. Mutaxassislar himoyachining ehtimoliy transfer qiymatini taxminan 55 million yevro atrofida baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Ruben Diash Angliya chempionatida "Manchester Siti" tarkibida 26ta o'yin o'tkazib, 2ta gol muallifiga aylangan edi.

Izohlar (0)