"Real" ikkita supertransferga qo‘l urmoqda
«Real» 2027/28 yilgi mavsum uchun rejalarini belgilab oldi
Madridning «Real» klubi 2027/28 yilgi mavsum boshlanishidan oldin ikki muhim transferni amalga oshirishni mo‘ljallamoqda. Bu haqida futbol bozoridagi ishonchli manbalardan biri Fabrizio Romano xabar berdi.
Uning ma’lumotiga ko‘ra, «Real» rahbariyati avvalo jahon darajasidagi markaziy himoyachini jamoaga qo‘shib olishni rejalashtirgan. Shu bilan birga, klub yana bir muhim yo‘nalish — yarim himoya chizig‘ini mustahkamlashni strategik vazifa sifatida qo‘ygan.
Manba ta’kidlashicha, madridliklar yangi yarim himoyachi transferi orqali Rodri bilan bog‘liq vaziyatga o‘xshash holat takrorlanishining oldini olishni istamoqda. Ya’ni, kelajakda jamoa uchun asosiy figuraga aylanadigan o‘yinchini oldindan jamoaga moslashtirib borish rejalashtirilgan.

Izohlar (0)