Asosiy mazmunga oʻtish

"Real" jahon chempioniga xaridor

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

O'yinchi Madridge kelishga qarshi emas

Ispaniya terma jamoasi va Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Martin Subimendi hanuz madridlik «Real» skautlari diqqat markazida qolmoqda. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Subimendi «qirollik klubi»ning yaqin kelajakdagi asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. «Real» rahbariyati futbolchining Londondagi holati va o‘yin amaliyotini yaqinidan kuzatib bormoqda.

27 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi hozircha «Arsenal» tarkibida asosan rotatsiya o‘yinchisi sifatida maydonga tushmoqda. Martin 2025 yil yozida londonliklar safiga qo‘shilgan, uning amaldagi shartnomasi esa 2030 yil iyuni oxirigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 65 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q