"Real" janjalkash Valverdeni nima qiladi?
Muammosi ko‘p bo‘lsa ham yaxshi o‘ynaydi
«Real Madrid» yarim himoyachisi Federico Valverde uchun o‘tgan mavsum oson kechmadi. Turli manbalarga ko‘ra, u jamoa ichida bir qator mojarolar markazida qolgan.
OAV xabarlariga qaraganda, futbolchi sobiq bosh murabbiy Xabi Alonso bilan kelishmovchilikka borgan, yaqinda esa mashg‘ulot paytida Orelien Tchuameni bilan janjallashgan.
Urugvay terma jamoasida ham Valverde va bosh murabbiy Marselo Byelsa o‘rtasida muammolar yuzaga kelgani va o‘rtadagi ziddiyat terma jamoaning mundialdagi natijalariga ta’sir qilgani haqida ma’lumotlar tarqalgan.
Shunga qaramay, manbada ta’kidlanishicha, «Real» rahbariyati Federico Valverdening jamoadagi maqomiga jiddiy o‘zgarish kiritishni rejalashtirmayapti. Xususan, klub uni sardorlik vakolatlaridan mahrum etish niyatida emas.
Kelasi mavsumda ham urugvaylik futbolchi madridliklar yetakchilaridan biri sifatida maydonga tushishda davom etadi.
Avvalroq xabar qilinganikdek, Xose Mourinyo ham Valverdeni o‘z rejalariда muhim o‘rinda ko‘rmoqda. Murabbiy uni o‘z loyihasining asosiy figuralaridan biri, jamoa o‘yinini tashkil etuvchi markaziy yarimhimoyachi sifatida ko‘rishini ma’lum qilgan.

Izohlar (0)