
“Real” katta transferga qo‘l uryapti
“Real” kelasi mavsum oldidan tarkibida muayyan o‘zgarish qiladi. Madridliklar bu mavsum himoya chizig‘idagi muammolardan ko‘p qiynaldi.
Yozda bu pozitsiyaga yangi ijrochilar keladi. “Qirollik klubi” erkin agentga aylanadigan TRent Aleksander-Arnoldni Madridga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirib bo‘lgan.
Biroq Angliya Premer-ligasidagi yana bir zo‘r himoyachi – Vilyam Saliba uchun katta xarajat qilishga to‘g‘ri keladi.
Todofichajes nashrining yozishicha, “Arsenal” markaiy himoyachisini olish uchun madridliklar 80 million evrodan kam bo‘lmagan mablag‘ sarflashi kerakligini aytilmoqda. Frantsiyalik futbolchining Mikel Arteta jamoasi bilan kelishuvi 2027 yilning yozigacha davom etadi.
Fikrlar