Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Real" "Liverpul" yulduzini nishonga oldi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Ingliz klubi argentinalik futbolchini kattaroq summaga sotishga tayyor

Madridning "Real" klubi "Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Makallisterni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda, ingliz klubi argentinalik futbolchini kattaroq summaga sotishga tayyor. Ushbu transfer yozda amalga oshish eh’timoli bor. Biroq "qaymoqranglilar" futbolchini qishda sotib olishga harakat qilishi ham mumkin. Makallister "qizillar" safiga 2023 yilning yozida "Brayton"dan kelib qo‘shilgan edi. Futbolchining Mersisayd klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli futbolchi joriy mavsumda umumiy umumiy 10 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q