“Real Madrid”ning sovrinsiz davri davom etmoqda

  • 12.01.2026 06:43
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Madrid” 13 oy davomida birorta sovrinni qo‘lga kirita olmadi. Shu vaqt mobaynida klub 6 ta turnirda mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

Kechа Madrid jamoasi Ispaniya Superkubogida finalda “Barselona”ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

“Real”ning oxirgi g‘alabasi 2024 yil dekabrda bo‘lib, ular FIFA Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida Meksikaning “Pachuka” klubini 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

2025 yilda “qaymoqranglilar” kataloniyaliklarga Superkubok va Ispaniya Kubogi finallarida yutqazdi hamda La Liga mavsumini ikkinchi o‘rinda yakunladi. Chempionlar ligasida jamoa chorak finalda “Arsenal”ga mag‘lub bo‘ldi, shuningdek, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida PSJ Alonso shogirdlarini tor-mor etdi.

Ma’lumot uchun, “qirollik klubi” eng ko‘p sovrin qo‘lga kiritgan jamoalardan biri bo‘lib, Chempionlar ligasi bosh sovrinini 15 marta yutgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!